+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-03-27 10:00 48

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi va Mudofaa vazirligi hamkorligida oshpazlarning malakasini oshirishga qaratilgan dastur amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qo‘mondonligi oshpazlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etdi.

Ushbu tashabbus harbiy qismlardagi oshpazlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy kulinariya tendensiyalarini oʻrganish va oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan. Natijada harbiylar uchun tayyorlanayotgan taomlar nafaqat mazali, balki me’yoriy talablar asosida to‘yimli va sifatli boʻlishi kafolatlanadi.

Kursda nimalar o‘rgatiladi?

Zamonaviy taom tayyorlash usullari — milliy va xalqaro taomlar bo‘yicha treninglar
Sanitariya va gigiyena qoidalari — harbiy qismlar oshxonalarida xavfsizlikni ta’minlash
Ratsional ovqatlanish — harbiy xizmatchilar oziqlanishini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar
Masalliqlar va mahsulotlardan samarali foydalanish

Ushbu hamkorlik Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi oʻrtasidagi samarali hamkorlik namunasi boʻlib, harbiy qismlarda oziq-ovqat sifati yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday loyihalar harbiy xizmatchilarning to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanishini ta’minlash orqali ularning jismoniy holati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.