+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2026-07-11 12:50 418

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi Yangiyo‘l 2-son texnikumi talabalari uchun mahorat darsini o‘tkazdi

17-yanvar kuni Yangiyo‘l shahar 2-son texnikumida oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha professional master-klass bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi vakillari tomonidan o‘tkazildi:
👨‍🍳 bosh texnolog Tolibjon Umaraliyev
👩‍🍳 usta oshpaz Nazira Alimatova

Texnikum direktori M.R. Fazilova tadbirni ochib, talabalarga kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Dastur nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘lib, o‘quvchilar restoran darajasidagi jarayonlar bilan tanishdilar hamda taomlar tayyorlashda ishtirok etdilar.

Master-klass yosh oshpazlar uchun muhim tajriba bo‘lib, ularni kelajakda rivojlanish va xorijda malaka oshirishga rag‘batlantirdi.