+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-04-24 19:50 50

Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi hamkorligida umumiy ovqatlanishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha ikki kunlik seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-martdagi buyrug‘iga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son Farmoni — “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” — ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi hamkorligida 2025-yil 23–24-aprel kunlari umumiy ovqatlanishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha ikki kunlik seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar va mahorat darslarida Nukus shahridagi umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalar oshpazlari hamda ofitsiantlari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasining bosh texnologi — Tolibjon Umaraliev va Uyushmaning usta oshpazi — Azamat Ruzibaev o‘tkazdi.

Seminar davomida ishtirokchilar korxonalarda sanitariya va gigiyena talablarini, oshpaz va ofitsiant vazifalarini, korxonani xizmat ko‘rsatishga tayyorlash jarayonlarini, ishlatiladigan idish-tovoq va asbob-anjomlar turlarini, shuningdek, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish usullari va stol servirovkasi turlarini o‘rgandilar.

Mahorat darslarida esa salatlar, birinchi va ikkinchi taomlar, shuningdek, desertlar tayyorlashning zamonaviy texnologiyalari namoyish qilindi.

 

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.