13–16 may kunlari Ozarbayjonning Boku Ekspo markazida mintaqadagi eng nufuzli pazandachilik musobaqalaridan biri — Gold Shah 2025 bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Worldchefs va Ozarbayjon Pazandachilik Mutaxassislari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilib, Turkiya, Xorvatiya, Qozog‘iston, Singapur, Serbiya va boshqa davlatlarni o‘z ichiga olgan 8 ta mamlakatdan 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Raqobat yuqori, baholash esa juda talabchan edi.
Shunga qaramay, O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi jamoasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir nechta nominatsiyalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!
Ruziboev Azamat – oltin
Anvarova Muxlisa – oltin (yoshlar)
Isaeva Kamola – bronza
Juraeva Nazokat – bronza
Alimatova Nazira – bronza
Isaeva Kamola – bronza
Anvarova Muxlisa – bronza
Juraeva Nazokat – bronza
Ruziboev Azamat – bronza
Alimatova Nazira – bronza
Anvarova Muxlisa – bronza
Bu mukofotlar — mehnat, iste’dod va kasbga bo‘lgan muhabbat samarasi hisoblanadi.
Ishtirokchilarimiz O‘zbekiston nomini munosib himoya qildilar va yuqori kasbiy darajani namoyish etdilar.
Ushbu yutuqqa erishishda ko‘rsatgan yordami va qo‘llab-quvvatlovi uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasiga chuqur minnatdorlik bildiramiz!

.jpg)

Jamoamizni tabriklaymiz! Har bir ishtirokchi bilan faxrlanamiz!
O‘zbekiston — oldinga!