2025 yil, 21-may kuni, Toshkentdagi Frankfurt Hotel mehmonxonasida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Milliy ovqatlanish tamoyillari yo‘lida” mavzusida kirish seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda FAO tomonidan ishlab chiqilayotgan Milliy ovqatlanish qo‘llanmalarining (FSBDG) ahamiyati, ishlab chiqish bosqichlari, sog‘lom va barqaror ovqatlanish tizimlari haqida fikr almashildi.
Ushbu muhim tadbirda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov ham ishtirok etib oziq-ovqat tizimlarida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirishdagi muhim rollarni yoritib berdi.
Seminar doirasida:
• FSBDG ishlab chiqishdagi yondashuvlar muhokama qilindi;
• O‘zbekistonda barqaror va sog‘lom ovqatlanishga oid ustuvor muammolar ko‘rib chiqildi;
• Xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashildi;
• Kelgusi amaliy qadamlar belgilab olindi.
Sog‘lom ovqatlanish – sog‘lom jamiyat demakdir!