Xorazm xonlari milliy taomlari gastrofestivali!
Xiva shahridagi “Arda Xiva” majmuasida “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastrofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Xorazm viloyat hokimi o’rinbosari Botir Ozodovich Saidov hamda oshpazlar uyushmasining xalqaro ekspertlari, Alzaben Amjad Mustafa va Umaraliyev Tolibjon Qo’chqoraliyevichlar so’zga chiqdi. Festivalda Respublikamizning turli hududlaridan 20 dan ortiq mashhur oshpazlari ishtirokida, 50 dan ortiq milliy, yevropa, osiyo taomlari tayyorlandi!
Ushbu festival viloyatimiz turizm salohiyatini oshirish, milliy taomlarni keng targ‘ib qilish hamda mehmonlarga boy madaniy merosini yaqinroq tanishtirishga qaratilgan.
Festival davomida milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, Xiva mehmonlariga unutilmas kayfiyat ulashildi. Mazkur tadbir nafaqat gastronomik turizmni rivojlantirish, balki xalqimizning qadimiy urf-odatlari va mehmondo‘stlik an’analarini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
