+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-10-24 13:20 62

O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi Tojikiston Restoratorlar Assotsiatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi Restoratorlar Klubi Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi raisi Umarov Akbar Xamdamovich boshchiligida:
— Tojikiston Restoratorlar Assotsiatsiyasi raisi Niyozova Manija Rustamovna,
— Qozog‘iston Respublikasi Restoratorlar Klubi Assotsiatsiyasi raisi Katibayeva Gulnara Nurg‘anatovna bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida gastronomiya, restoran va mehmonxona sohasi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Tomonlar birgalikda loyihalar ishlab chiqish, tajriba almashish, festival va chempionatlar tashkil etish, shuningdek milliy taomlarni targ‘ib qilish hamda sohaga oid mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Ushbu ittifoq Markaziy Osiyo gastronomiya sanoatining yangi ufqlarini ochadi.