Mazkur hujjat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda — mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari va reabilitatsiya markazlarida yashovchi bolalar hamda ehtiyojmand fuqarolar uchun sog‘lom va sifatli ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida Agentlik tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oshpazlar uchun kasbiy kurslar, malaka oshirish va mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Tomonlar tajriba almashinuvi, axborot va metodik yordam, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish niyatini bildirdilar.
Mazkur hamkorlik ijtimoiy himoya tizimidagi ovqatlanish sifatini oshirish, kasbiy standartlarni yuqori bosqichga olib chiqish, hamda ijtimoiy xizmatlar foydalanuvchilari uchun yanada sog‘lom va muvozanatli ovqatlanish muhitini yaratishda muhim qadam bo‘ladi.
.jpg)