+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-05-31 10:30 64

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘shinlarining bosh oshpazlari va yordamchilari malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunladilar!

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi qoshidagi Xalqaro o‘zbek pazandachilik san’ati markazida Milliy gvardiya qo‘shinlarining bosh oshpazlari va oshpaz yordamchilari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar oflayn formatda, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Tinglovchilar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena talablari, pazandachilik asoslari va taom tayyorlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Kurs yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining xalqaro sertifikatlari topshirildi, bu esa ularning kasbiy malakasini rasman tasdiqlaydi.

 

Ushbu hamkorlik Milliy gvardiya qo‘shinlarida ovqat tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Professional oshpazlarni tayyorlashda bunday tashabbuslar alohida ahamiyatga ega!