O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi “O‘zbekiston – Ummon: Ipak yo‘li durdonasining yangi imkoniyatlari” turistik forumida milliy gastronomiyani mamlakatning turistik brendining ajralmas qismi sifatida faxr bilan taqdim etdi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Ummondagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.
Taqdimot doirasida mehmonlarga an’anaviy o‘zbek taomlari tortiq qilindi va ular kuchli taassurot qoldirdi.
Gastronomik ekspozitsiya Ummonning turizm kompaniyalari, mehmonxona tarmoqlari va tegishli tashkilotlari vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Milliy taomlar o‘zbek xalqining boy madaniyati va mehmondo‘stligining yorqin timsoliga aylandi.
Forum bilan bir qatorda B2B va G2B uchrashuvlari ham o‘tkazilib, unda turizm istiqbollari, qo‘shma loyihalar va madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi xalqaro tashabbuslarda faol ishtirok etishda davom etadi, milliy taomnomasini targ‘ib etish va mamlakatimizning Ipak yo‘li gastronomik turizmi markazi sifatidagi imidjini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.
📍 O‘zbekiston — bu Sharqning ta’mi, an’analarning hidi va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi.
.jpg)
