+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-08-08 10:50 70

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi Yevropa va Markaziy Osiyoda agrooziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish loyihasi doirasida FAO xalqaro ekspertlarini qabul qildi

2025-yil 8-avgust kuni Oshpazlar uyushmasi Vengriyaning Atrof-muhit ijtimoiy tadqiqotlar guruhi (ESSRG) vakillari — janob Balint Balaj va xonim Karmen Tsettni qabul qildi. Tashrif davomida mehmonlar Uyushmaning faoliyati, ta’lim va madaniy loyihalari hamda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi bilan tanishtirildi.

Tomonlar shahar oziq-ovqat tizimining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, jamoat ovqatlanishining O‘zbekistonning gastronomik imijini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr almashdilar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

 

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tashabbus va tashrifni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiradi va erishilgan kelishuvlar pazandachilik madaniyati hamda oziq-ovqat xavfsizligini rivojlantirishga qaratilgan yangi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam asos bo‘lishiga umid qiladi.