Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-fevraldagi 01-17/62-son buyrug‘iga asosan, mehmonxona hamda umumiy ovqatlanishni tashkil qilish va boshqarish yo‘nalishlarida 2025-yil 26–27-avgust kunlari mehmonxona va restoran oshpazlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Bugun ushbu kursning 1-kuni o‘z faoliyatini boshladi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlari, oshpazlik san’atidagi yangiliklar hamda boshqaruv uslublari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitmoqdalar.
Kurs ishtirokchilari nafaqat tajriba almashmoqda, balki o‘z kasbiy mahoratlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ham эга бўлмоқда.
Ertaga davom etadigan mashg‘ulotlar ham mazmunli ва samarali bo‘lishi kutilmoqda.