+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2024-01-30 10:35 389

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi delegatsiyasi 10-chi yosh oshpazlar Olimpiadasida ishtirok etadi

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi delegatsiyasi 29-yanvardan 4-fevralgacha Hindistonda bo‘lib o‘tadigan 10-chi yosh oshpazlarning Olimpiadasida ishtirok etadi.

Bosh qarorgohi Londonda joylashgan Xalqaro mehmondoʻstlik kengashi va Dehlidagi Xalqaro mehmonxona boshqaruvi instituti tomonidan oʻtkazilayotgan forumda bu yil Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Irlandiya, Iordaniya, Italiya, BAA, Fransiya va boshqa davlat vakillari o'z mahoratlarini ko'rsatishadi.

 

Qariyb 10 kun davomida musobaqa bir necha bosqichda Dehli, Pune, Bangalor, Kalkutta, Haydarobod va Goa shtatida bo‘lib o‘tadi. Goada “F” guruhida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Angliya, Seyshel orollari, Singapur, Indoneziya, Zimbabve, Madagaskar, Uganda, Gollandiya va Bangladeshdan kelgan yosh oshpazlar bilan kuch sinashadi.


Keyin jamoalar Kalkuttadagi musobaqa finalida to‘qnash kelishadi.

Olimpiada tashkilotchilari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar jarayoni butun dunyoda, jumladan, Hindistonda mamlakatimizga qiziqish ortib borayotganini alohida ta’kidlab, o‘zbekistonlik yosh oshpazlar turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvlarda yuksak mahorat ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.