+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2024-03-13 08:05 117

O‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida seminar

Joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasida Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi 12 ta kollejning mehmonxona mutaxassislari, jumladan, pazandachilik mutaxassislari tayyorlanayotgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

 photo_2024-03-14_11-42-53 

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini ochishdan iborat bo‘ldi. Ushbu loyiha Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

 photo_2024-03-14_11-42-51 

Tadbir so‘ngida Texnikum kollejlari va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Memorandumning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida jamoat va umumiy ovqatlanish sanoati, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini sifat jihatidan o‘sishiga ko‘maklashuvchi sheriklik aloqalarini o‘rnatish va uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 photo_2024-03-14_11-42-50