Ўзбекистон ошпазлар уюшмаси

Тиллар

Ўзбекистон
ошпазлар
уюшмаси
Халқаро ўзбек
пазандачилик
санъати маркази
Жаҳон бош
ошпазлар
ҳамжамияти
уюшмаси

Oshpazlik kasbining ustasimisiz?! Rasman mutaxassis sifatida tan olinishni va hujjatga ega bo’lishni xohlaysizmi? Unda sizga “Validatsiya” yordam beradi.

News image: 
Oshpazlik kasbining ustasimisiz?! Rasman mutaxassis sifatida tan olinishni va hujjatga ega bo’lishni xohlaysizmi? Unda sizga “Validatsiya” yordam beradi.

Tasavvur qiling siz oshpazlik  kasbini, bir insonga shogird tushib yoki o’zingiz o’rgandingiz, shu kasbni o’zlashtirib mohir pazanda bo’lib ketgansiz. Ammo siz hech qanday rasmiy o’quv dargohiga bormaganingiz sababli, sizni mutaxassisligingizni tasdiqlaydigan hujjat yo’q va shuning uchun siz rasmiy ish o’rniga ega bo’lishga yoki o’z sohangiz bo’yicha karyera qilishga qiynalmoqdasiz. Aynan shunday holatda sizga “VALIDATSIYA” yordam beradi.

Vaildatsiya so’zi lug’atda tasdiqlash digan manoni anglatadi. Biron bir kasb yoki sohaga nisbatan esa validatsiya - norasmiy ravishda o’zlashtirilgan kasb egasini shu kasbni haqiqatdan ham mutaxassisi sifatida rasman tan olish hisoblanadi.

Hozirda, O’zbekiston oshpazlar Uyushmasi qoshidagi Xalqaro O’zbek Pazandachilik San’ati Markazi norasmiy ravishda (masalan ustoz-shogird bo’lib) oshpazlik kasbini egallagan oshpazlarga, ushbu sohaning mutaxassisi deb rasman tan olinish va rasmiy hujjatga ega bolish imkoniyatini beruvchi “Validatsiya” loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha sizga qisqa muddatda oshpazlik kasbining mutaxassisi deb tan oluvchi hujjat, ya’ni diplomga ega bo’lish imkoniyatini beradi.

Bu mutaxassislik diplomi oshpazlarga qanday foyda keltiradi?

  1. “Validatsiya” talablari, O’zbekiston Respublikasining O’zDst 36.0649 davlat standartlariga asoslangan hisoblanadi va shuning uchun Validatsiya diplomi kasbingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi.
  2. Bu esa, o’z navbatida, sizga rasmiy ish o’rniga ega bo’lishingiz uchun imkoniyat yaratadi.  
  3. Sizga beriladigan mutaxassislik diplomi 120 ta davlatda tan olinuvchi hujjat hisoblanadi. Bu orqali siz ushbu diplom bilan 120 ta  davlatda umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlashingiz mumkin bo’ladi. 

Validatsiyadan o’tish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Validatsiyadan o’tish tartibi sodda va quyidagi tartibda bo’ladi:

Birinchi navbatda, Xalqaro o’zbek pazandachilik san’ati markaziga kelib, kerakli hujjatlar topshiriladi hamda oshpazlik sohasiga doir fundamental bilim va ko’nikmalar bo’yicha qisqa kursdan (7-10 kunlik) o’tiladi. Qisqa kurslarni muvaffaqiyatli tugatganingizdan keyin amaliy imtihondan o’tishingiz mumkin bo’ladi.

Ikkinchi navbatda, o’z mahoratingizni ko’rsatib berishingiz uchun amaliy imtihon o’tkaziladi (1 kun).  Amaliy imtihon hay’at a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda siz o’z oshpazlik yo’nalishingiz bo’yicha bir necha xil turdagi taomlarni tayyorlab ko’rsatib berishingiz kerak bo’ladi. Shundan so’ng, sizga hay’at a’zolarini xulosasiga ko’ra, mutaxassisligingizni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni diplom beriladi.

Shuningdek, sizga qulaylik yaratish va qadirli vaqtingizni tejash uchun “Validatsiya” qisqa kurslarining masofadan turib o’qish imkoniyati ham ishlab chiqilgan. Bu onlayn kursdan smartfoningiz orqali ish joyingizdan ajralmagan holda ham o’tishingiz mumkin.

Validatsiyadan o’tish uchun O’zbekiston oshpazlar Uyushmasining Toshkentdagi ofisiga yoki viloyatlardagi uyushmaning filiallarga murojaat qilishingiz mumkin.

Validatsiya haqida to’liqroq ma’lumotni www.validatsiya.uz saytidan olishingiz, hamda ariza qoldirishga mumkin, yoki quyidagi telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin:

 

+998 90 009 84 86 - Ibrohimxo’ja Jurakulov, Xalqaro O’zbek Pazandachilik San’ati Markazi, Toshkent shahri

  • +998 91 373 58 00 / 97 506 58 00 - Gulmirza yuldashev Qoraqalpog’iston Respublikasi
  • +998 97 130 09 07 Toshkent viloyati
  • +998 93 270 89 08 Roziqov Muhammadamin, Farg’ona, Namangan, Andijon  viloyati
  • +998 90 310 05 07  Jizzax viloyati
  • +998 93 477 12 00 Yadgarov Sobir, Buxoro viloyati
  • +998 93 633 62 36 Surhondaryo viloyati
  • +998 90 720 03 02 Qashqadaryo Odilov Komiljon

Shuningdek telegram orqali +998 90009 84 86 raqamiga yoki @xalqaromarkaz orqali telegram manziliga yozishingiz mumkin.

 


Validatsya haqida taqdimotni yuklab olish uchun shu yerga bosing

ПАЗАНДАЧИЛИК СИРЛАРИНИ КАШФ ЭТИНГ

Ошпаз мураббийлар

Хамдамов Ахмад
Уста-ошпаз

 

19.05.2014 года состоялся промежуточный экзамен группы "Поваров национальной и зарубежной кулинарии". В данном мероприятии в качестве экзаменатора...

26 мая 2014 г. прошел очередной экзамен окончивших курс обучения по специальности «Повар национальной и зарубежной кухни». На экзаменационой комиссии участвовали эксперты гастрономии и гостинично-...

Халқаро ўзбек пазандачилиги санъати маркази ўқув лабораториялар синфлари  энг замонавий асбоб ускуналар ва технологиялар билан жиҳозланган бўлиб, ўқув курси иштирокчиларига барча шарт шароитлар...

10 января 2014 года в Международном центре узбекского кулинарного искусства  состоялся очередной итоговый экзамен (сертификация) "Су шефов".  В состав экзаменационной комиссии входили...

«

Раньше я не задумывался от том, как сильно кухни народов мира отличаются друг от друга. Теперь я стал различать их.... »

Абдуллаев Аббосжон - uz
Выпускник МЦУКИ